Kiberxavfsizlik boʻyicha yangi industrial park yaratiladi

16:35 18 Yanvar 2019 Dunyo
273 0

Illyustrativ foto

Xitoyda kompyuter tarmoqlari sohasida samarador mahsulotlar tayyorlash va ishlab chiqarish uchun industrial park yaratiladi.

Milliy darajadagi ushbu park Pekin shahrining ikki chetida — gʻarb tomondagi Xaydyan va sharq tomondagi Tunchjou tumanlarida joylashadi, deb yozadi “Chjungo sinvenvan” portali. U mamlakatning sanoat va axborotlashtirish vazirliklari tomonidan tashkil etiladi.

Klasterda yillik daromadi 1,5 mlrd. AQSH dollaridan oshadigan kamida uchta korxona paydo boʻlishi kerak.

Pekindagi yangi kiberxavfsizlik industrial parki XXRda tarmoq hujumlari, viruslar, eng muhim mahfiy maʼlumotlar oʻgʻirlanish xavfidan himoyalangan ilgʻor mahsulotlarni rivojlantirishning muhim boʻgʻiniga aylanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?