Kiber jinoyat uchun qanday javobgarlik bor?

20:34 01 Avgust 2020 Jamiyat
284 0

Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda saytlarni buzib kirish, virusli dasturlar tarqatish kabi holatlar haqida xabarlar koʻpaydi.

Kiberj inoyatlar, ayniqsa, pandemiya vaqtida jiddiy muammolardan biriga aylandi.

Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik koʻzda tutilgan.

Jumladan, ushbu kodeksning 278⁵-moddasiga koʻra, oʻzganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):

3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming soʻmdan 89 mln 200 ming soʻmgacha miqdorda jarima;

2 yilgacha ozodlikni cheklash;

2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, mazkur harakatlarni guruh boʻlib, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etish 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashga sabab boʻlishi mumkin.

Unutmang, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?