Xususiy tashkilotlarning qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanishiga ruxsat beriladi

09:45 26 Dekabr 2018 Jamiyat
525 0

Illyustrativ foto

Prezident qarori bilan 2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

“Huquqiy axborot“ kanaliga koʻra, “Yoʻl xaritasi”da jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha quyidagicha tadbirlarning amalga oshirilishi belgilangan:

qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanishni yanada takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrish, xususan, nodavlat tashkilotlarga xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻriqlash faoliyatiga va xizmatlar koʻrsatishga ruxsat berish;

ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul boʻlinmalari xodimlari uchun mobil videokameralar hamda maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqishning elektron tizimi planshetlarini xarid qilish;

alkogoldan oʻtkir mastlik holatida boʻlib, oʻzining harakatlari bilan huquq-tartibotga xavf tugʻdiruvchi shaxslarni vaqtincha izolyatsiyalash va reabilitatsiya qilish uchun har bir tuman (shahar) sogʻliqni saqlash muassasalarida alohida xonalar (hushyorxona) ajratish.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?