Xurmo inson umrini uzaytirish xususiyatiga ega

00:47 16 Noyabr 2018 Lifestyle
390 0

Amerikalik olimlar xurmo tarkibidagi fizetin moddasi insonlarning uzoq umr koʻrishiga sabab boʻlishini aniqlashdi.

Bu boradagi tadqiqot natijalari EurekAlert! portalida chop etildi. Tadqiqotchilarga koʻra, fizetin organizmdagi zararlangan toʻqimalarning sonini kamaytiradi.

Bu sichqonlarda oʻtkazilgan tadqiqotda aniqlangan. Yaʼni ushbu modda bilan berilgan kemiruvchilar ancha salomatligida muammolar kuzatilmagani va ularning koʻproq yashagani qayd etilgan.

Mutaxassislarning aytishicha, fizetin moddasi xurmodan tashqari, qulupnay, olma, piyoz, uzum, kivi, shaftoli va bodring kabi meva va sabzavotlar ham uchraydi. Aynan ular mazkur foydali moddaning tabiiy manbai hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?