XTV: maktab bitiruvchilari kamida uchta tilni bilishlari kerak

14:19 16 Oktyabr 2019 Jamiyat
119 0

Xalq taʼlimi vazirligi fikriga koʻra, maktab bitiruvchilari kamida uchta tilni - davlat, rus va ingliz tillarini (yoki boshqa xorij tilini) puxta bilishi lozim.

Bu yoʻnalishda vazirlik bir qator amaliy ishlarni olib bormoqda.

1. Vazirlik oʻzbek milliy maktabini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruh tashkil etdi. Ishchi guruh matkablarda taʼlim sifatini, jumladan, oʻzbek tilini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha ish olib bormoqda.

2. Yuqorida qayd etilganidek, Rossiya bilan rus tili oʻqituvchilari va rus maktablari uchun fan oʻqituvchilarini tayyorlash boʻyicha hamkorlik aloqalari oʻrnatilmoqda.

3. Ingliz tilini oʻqitishni takomillashtirish uchun AQSH va Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilinmoqda. Mazkur yoʻnalishlar boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

4. Shu bilan birga, vazirlik maktablarda nemis tilini oʻqitishni yaxshilash boʻyicha Germaniya bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Yaqin vaqt ichida vazirlik boshqa davlat vakillari bilan maktabda oʻqitiladigan xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi va darsliklarni takomillashtirishda hamkorlik aloqalarini oʻrnatish niyatida.

Asosiy maqsad - maktab bitiruvchilari davlat, rus va yana bir xorijiy tilni puxta bilishiga erishishdir. Bitiruvchilarning 3 ta tilni bilishi kelajakda mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishga imkon beradi. Misol uchun, hozirda mamlakatimizda turizm rivojlanmoqda. Til bilgan bitiruvchi gidlik yoki tarjimonlik qilishi ham mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?