Xo‘jandda O‘zbekiston savdo uyi tashkil qilindi

11:10 18 Iyul 2018 Iqtisodiyot
352 0
Foto: chamber.uz

Davlatimiz rahbarining joriy yil mart oyida Tojikiston Respublikasiga qilgan davlat tashrifi davomida yaqin ikki yil mobaynida o‘zaro savdo hajmini 1 milliard AQSH dollariga yetkazish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida Xo‘jand shahrida O‘zbekiston savdo uyi tashkil etildi. “Saxovat” bozorida o‘zbek tadbirkorlari mahsulotlari sotilishi yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va So‘g‘d viloyati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ham ikki davlat tadbirkorlari biznes-forumlar, kooperatsion birjalarda ishtirok etib kelmoqda.

Yaqinda Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tgan“So‘g‘d — 2018” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 100 dan ortiq tadbirkorlar ishtiroki ta’minlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?