Xoʻjaylida yuz bergan YTH oqibatida Vazirlar Kengashi va vazirlikning mansabdor shaxslari, jami 4 kishi halok boʻldi

12:26 29 Dekabr 2018 Jamiyat
767 0

Illyustrativ foto

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanida 27 dekabr kuni ogʻir yoʻl transport hodisasi yuz berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar kishi olamdan oʻtdi.

Baxtsiz hodisa “Neksiya-3” markali avtomashinaning beton toʻsiqqa borib urilganligi oqibatida sodir boʻlganligi aytilmoqda. Kuchli zarba avtomashinaning gaz balloni otilishiga sabab boʻlgan.

Vafot etgan fuqarolarning ikkitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligida faoliyat yuritib kelgan (bittasi vazir oʻrinbosari, bittasi mashina haydovchisi), bir kishi Tuyamoʻyin-Nukus mintaqaviy suv oʻtkazgichidan foydalanish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari va bittasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yetakchi mutaxassislaridir.

YTHning sodir boʻlishiga asaflt yoʻlning sirpanchiqligi sabab boʻlganligi aytilmoqda. Voqea tafsilotlari oʻrganilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?