Xovos tumaniga yangi hokim tayinlandi

18:16 15 Aprel 2020 Jamiyat
718 0

arxiv foto

Xalq deputatlari Xovos tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Bu haqda Xovos tuman hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu sessiyada Xovos tuman hokimi vazifasida ishlagan R.Boboyev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining direktori vazifasiga oʻtganligi munosabati bilan tuman hokimi etib Kamolov Uchkun Ibragimovich tayinlandi.

Kamolov Uchkun Ibragimovich Kamolov ilgari Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?