“Xovos siti”da nima gaplar?

Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan media-turning navbatdagi manzili “Xovos siti” boʻldi. Bugungi kunda bu manzil tumanning yangi qiyofasini kashf etmoqda.
Ayni paytda ulkan qurilish ishlari avj olgan ushbu “siti”da 30 ta zamonaviy bino qad rostlayapti. Ushbu obyektlar bitgach, qariyb 600 ta boshpanaga muhtoj oilalar oʻz uylariga ega boʻladi.
Besh qavatli, 2-3 xonali mazkur turarjoylar aholiga arzon narxlarda uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida beriladi.
Xovos tumani hokimining oʻrinbosari Otabek Danaboyevning aytishicha, bu hududda aholiga qulaylik yaratish maqsadida bogʻcha, maktab, tadbirkorlik obyektlari quriladi.
Tadbir davomida ishtirokchilar hududdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat ham qilishdi.
Media-tur davom etmoqda.
Rahim Sherqulov,
Ahmadali Shernazarov,
“Xalq soʻzi Onlayn”.
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: