Xotinini kaltaklab, bolasining axlatini yeyishga majburlagan er qamoqqa olindi

21:43 08 Oktyabr 2020 Jamiyat
6597 0

Telegram kanallarining birida Mirzo Ulugʻbek tumani, “Oqqoʻrgʻon” mahallasida er xotinini masxara qilgani, unga tan jarohati yetkazganligi va farzandining axlatini isteʼmol qilishga majbur qilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar eʼlon qilindi.

Shundan soʻng, Toshkent IIBB mazkur video yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Unda keltirilishicha, Ushbu video 1-oktyabrdan 2-oktyabrga oʻtar kechasi suratga olingan. Shu kechaning oʻzida 102 ga ayol eri 46 yoshli I.Rustam tomonidan kaltaklangani va unga nisbatan zoʻravonlik qilinganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushdi. Ayolga yetkazilgan jarohatlarning ogʻirligini aniqlash uchun sud tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Ushbu fakt asosida Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi (“Qiynash”) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. I.Rustam hibsga olinib, tergov davom etmoqda.

7-oktyabr kuni jabrlanuvchiga himoya orderi topshirildi. Hozirda ayol va uning voyaga yetmagan bolalari Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga vaqtincha joylashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?