Xotin-qizlar qo‘mitasi Toshkent viloyatidagi mahkuma ayollar holidan xabar oldi

11:39 20 Avgust 2018 Jamiyat
261 0
Illyustrativ foto

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari Toshkent viloyati “Tadbirkor ayol” uyushmasi, mahalliy hokimlik vakillari bilan birgalikda Toshkent viloyati IIB JIEB, 1-jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma ayollarning holidan xabar olishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ayrim sabablarga ko‘ra hayot yo‘lida adashib qolgan ayollarni jamiyatga qaytganlaridan so‘ng o‘rnatilgan qonun-qoidalarga rioya etishlarini tushuntirishdir. Shuningdek, kasb-hunarga o‘rgatish ishlarini tashkil etish orqali ularning e’tiborini ma’lum maqsadlarga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv chog‘ida hukumatimiz tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘zlab berildi.

Tadbir so‘ngida ayollarni yaqinlashib kelayotgan bayramlar bilan qutlab, sovg‘alar ulashildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?