Xotin-qizlar qoʻmitasi logotipi yangilandi

18:27 29 Avgust 2018 Jamiyat
172 0

Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi oʻz logotipini oʻzgartirdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Undagi nozik ayol siymosi ayol sifatlarini va Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlarini ifoda etadi. Yangi ramzda aks etgan ayolning kelajakka umid bilan intilgan nigohi esa xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlari kengaytirilganligini, shamolda jilvalanayotgan mayin sochlari maqsad sari sekin, ammo haqli intilishlarini bildiradi.

Yangi logotip toʻq havo rangdagi aylana shaklida boʻlib, uning markazi boʻylab oq rangda kelajakka umid bilan boqib turgan ayol siymosi, uning shamolda jilvalanayotgan sochlari tasvirlari aks ettirilgan.

Oq va moviy koʻk ranglar hamda “ikat” milliy matosining naqshini qoʻllanilishi boshqa ayollar tashkilotlaridan farqlanishi va betakrorlikni anglatadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?