Xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqishning cheklangan miqdori oshiriladi

12:19 29 Iyun 2018 Iqtisodiyot
1180 0

O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketiladigan valyuta miqdorini oshiriladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e’lon qilingan “Valyutani tartibga solish va valyuta nazorati to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Hozirgi kungacha jismoniy shaxslar deklaratsiyasiz mamlakatdan 2 ming dollargacha olib kirishi va olib chiqib ketishlari mumkin edi. Qaror loyihasida Markaziy bank bu bandni 5 ming dollargacha oshirilishini taklif qilgan.

Shuningdek, hozirda alohida ruxsatnomasiz 5000 dollargacha bo‘lgan valyutani olib chiqib ketish mumkin. Qaror loyihasi bu summa 10 ming dollargacha oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bundan ortiq bo‘lgan summani olib chiqishda to‘ldirilgan bojxona deklaratsiyasi asosida, yoki olimpiada g‘olib va sovrindorlari tomonidan, tasdiqlovchi hujjat bo‘lganda olib chiqishga ruxsat berish taklif etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?