Xorijda oʻqiyotgan talabaning oʻqishi koʻchirilmasligiga nimalar sabab boʻlishi mumkin?

18:24 02 Avgust 2020 Jamiyat
237 0

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashevning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga quyidagi holatlarda oʻqishni koʻchirishga ruxsat etilmasligi belgilab qoʻyilgan:

– davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotganlarga;

– masofaviy (onlayn) taʼlim shaklida tahsil olayotganlarga;

– xorijda oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasasi tomonidan talabaning oʻqishi toʻgʻrisidagi soʻrovnomaga salbiy javob olingan taqdirda oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilmaydi.

Yana uning qoʻshimcha qilishicha, vazirlikning rasmiy saytida hamda “Telegram”dagi kanalida kunduzgi, sirtqi, kechki taʼlim shakllari va qoʻshma dasturlar asosida tahsil olayotgan talabalarning oʻqishini koʻchirishga oid maʼlumotlar yoritib borilmoqda.

Oliy taʼlim vaziri matbuot kotibi Transfer.edu.uz sayti orqali oʻqishni koʻchirish uchun arizalarni onlayn qabul qilish yoʻlga qoʻyilgani, talabgorlar 5-avgustigacha roʻyxatdan oʻtishingiz mumkinligini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?