Xorij kompaniyasi Termizda zamonaviy mehmonxona quradi

15:52 23 Iyul 2018 Jamiyat
222 0
Foto: “Xalq so‘zi”

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov “Afghan–German company” ta’sischilari bilan 10 million AQSH dollariga teng bo‘lgan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda. Bunda hukumatlar va biznes doira vakillari o‘rtasida muntazamlik kasb etayotgan qator uchrashuv va biznes anjumanlari muhim ahamiyat kasb etayotir.

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov hamda “Afghan–German company” ta’sischilari Samiulloh Samkanay va Abdulvahob Kaimiy o‘rtasida o‘tkazilgan muloqotda qurilish sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Yakunda “Afghan–German company” qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 10 million dollarga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish evaziga Termiz shahrida zamonaviy turarjoy komplekslari va mehmonxona qurishga kelishib olindi.
Ilhom RAHMATOV,
“Xalq so‘zi”muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?