Xorazmlik jurnalist YTH natijasida vafot etdi

11:54 07 Noyabr 2019 Jamiyat
169 0

2019-yil 06-noyabr kuni soat 23:55 larda fuqaro S.U. oʻzi ishlab kelayotgan korxonasiga tegishli boʻlgan “Gazel” rusumli avtomashinani “Urganch-Xiva” yoʻlining 4-kilometrida boshqarib borayotganida, yoʻlni kesib oʻtayotgan “Jamiyat” gazetasi muxbiri Davlatnazar Roʻzmetovni urib yuborgan.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, YTH natijasida D.Roʻzmetov bosh qismidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?