Xorazmlik dzyudochi qizga uy sovgʻa qilindi

19:12 13 Avgust 2019 Jamiyat
85 0

Yaqinda Urganch shahridagi “Yoshlar markazi”da boʻlib oʻtgan tantanali marosimda ham ana shunday sportchilarimizdan biri taqdirlandi. Dzyudo boʻyicha mamlakatimizning eng tajribali va sovrindor sportchisi Gulnoza Matniyazovaga Urganch shahridan bir xonali uy sovgʻa qilindi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro sport arenalarida yurtimiz sharafini ulugʻlayotgan sportchi qiz 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, koʻplab xalqaro turnirlar gʻolib va sovrindori Gulnozaning mahoratini eʼtirof etib, unga viloyat hokimligining tashakkurnomasi hamda Urganch shahridan bir xonali uyning kalitini topshirdi.

Oʻz navbatida Gulnoza Matniyazova soʻzga chiqib, hukumatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarga minnatdorlik bildirar ekan, bunga javoban yangi-yangi marralarni zabt etish, shuning barobarida davlatimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarishga astoydil harakat qilishini aytdi.

Aytish joizki, bu Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi oldidan yurtimizning nomdor dzyudochisi uchun kutilmagan, oʻziga xos sovgʻa boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?