Xorazmdagi “samosud” yuzasidan maʼlumot berildi

14:47 04 Avgust 2020 Jamiyat
965 0

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyati Gurlan tumanida “samosud” nomi ostida tarqalgan videoyozuv boʻyicha maʼlumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 24-iyul kuni soat taxminan 12:00 larda 26 yoshli I.O. oʻzining tanishi 20 yoshli Yu.T. (ayol) bilan uchrashgan vaqtida, ushbu holatni I.O.ning turmush oʻrtogʻi 24 yoshli M.S.(ayol)ning dugonalari koʻrib qolib, telefon orqali bu haqda M.S.ga xabar berib, uni chaqirishgan hamda fuqaro Yu.T.(ayol)ni ushlab olib, turli xil uyatli soʻzlar bilan xaqorat qilib janjal qilishgan va M.S.(ayol) fuqaro Yu.T.(ayol)ni tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan.

Ushbu janjal vaqtida M.S.ning dugonalaridan biri oʻzining uyali telefon apparati orqali videotasvirga olib, keyinchalik mazkur videolavhani “telegram” messenjeri orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Shu oʻrinda, fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi holatlarda oʻzboshimchalik bilan harakat qilib, xato qilganlarni oʻzlari jazolashga urinmasliklarini, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini soʻraymiz. Bundan tashqari, bu kabi holatlar tasvirlangan videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan fuqarolarimizga eslatma:
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 1891-moddasi va Jinoyat kodeksining 1301-moddalarida koʻrsatilgan “Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish” kabi maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?