Xorazmda zavod konveyeridan 200 minginchi avtomobil chiqdi

11:12 22 Dekabr 2019 Iqtisodiyot
729 0

“UzAuto Motors” kompaniyasining Xorazm filiali ikki yuz minginchi avtomobilini ishlab chiqardi.Bugungi kunda ushbu korxonada “Damas” va “Labo” avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.200 minginchi boʻlib chiqarilgan yubiley model bu — “Damas” avtomobili boʻldi.

Xorazm viloyatining Pitnak shahrida barpo etilgan ushbu zavodda ilk avtomobil 2014-yilning 6-yanvar sanasida ishlab chiqarilgan edi. Korxonada faoliyat koʻrsatayotgan muhandis-texnik xodimlarning 80 foizdan koʻprogʻini yoshlar tashkil qiladi.Ingliz,rus va koreys tillarida erkin muloqot qila oladigan,zamonaviy avtomobilsozlik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallagan yosh mutaxassislarning izlanishlari natijasida korxona xalqaro miqyosda munosib yutuqlarga erishmoqda. Jumladan, filial avtomobil ishlab chiqarish zavodlari sifat darajalarini belgilab beruvchi maxsus sertifikatni qoʻlga kiritgan.

Odilbek Odamboyev

(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?