Xorazmda yangi xalqaro universitet tashkil etildi

16:00 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
633 0

Hukumatning tegishli qarori bilan, Urganch shahrida xalqaro “Binary” universiteti tashkil etildi. Mazur oliy ta’lim muassasasi Malayziyaning “Binary” universiteti filiali hisoblanadi.

Filial nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi va o‘qish ingliz, rus va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filialda bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari hamda magistratura bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston va Malayziyada oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Filialning har yilgi qabul parametrlarining 5 foizidan kam bo‘lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni bepul (Filial granti asosida) o‘qishga qabul qilish uchun ajratiladi.

Shuningdek, Filialda professor-o‘qituvchilar tarkibining 40 foizidan kam bo‘lmagan qismi malakali xorijiy professor- o‘qituvchilar bilan to‘ldiriladi.

Filial Xorazm viloyati, Urganch shahar, A.Bahodirxon ko‘chasi, 195-uy manzilidagi Urganch davlat universitetining bino va inshootlarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?