Xorazmda tadbirkordan 20 000 AQSH dollari pora talab qilgan masʼul ushlandi

11:20 20 Avgust 2020 Jamiyat
260 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Xorazm viloyat boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Tuproqqalʼa tumani yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi M.R. “D.” MCHJning ish yurituvchisi R.dan jamiyatga tumandagi Gurlan massivi hududidan baliqchilik koʻli tashkil qilish uchun 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?