Xorazmda salkam 600 mln soʻmlik paxta chigiti isrof qilindi. Masʼullarga nisbatan jinoiy ish ochildi

12:08 07 Fevral 2019 Jamiyat
399 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan hududdagi 3 ta paxta tozalash korxonalarida urugʻlik chigitlarining sifatli saqlanishi yuzasidan oʻtkazilgan tekshirish jarayonida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, korxonalar omborlaridagi 2018 yil mavsumidan ortib qolgan dorilangan sara urugʻlik chigitlarning 158 tonna boʻlgan jami 539,8 mln soʻmlik qismi saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi oqibatida zararkunandalar bilan zararlanib, ekishga butunlay yaroqsiz boʻlib qolgan va bu bilan davlat va jamiyat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan paxta tozalash korxonalarining mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?