Xorazmda “Maʼnaviyat festivali” oʻtkazildi

11:21 23 Avgust 2019 Jamiyat
453 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan Xorazm viloyatida“Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtdi. Festival doirasida Matmurod devonbegi tarixiy obidasida “Maʼrifat tur” loyihasi taqdimot marosimi ham tashkil etildi. Bu haqda markaz axborot xizmati xabar berdi.

Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad xalqimiz madaniy merosining oʻziga xos xususiyatlari, maʼrifiy ahamiyatini yoritish bilan bir qatorda, aholi oʻrtasida ichki turizmni rivojlantirish, zamonaviy texnologik vositalardan samarali foydalangan holda tarixiy obidalar haqida maʼlumot berib,targʻibot-tashviqotini kuchaytirishdir.Tadbirdan soʻng ishtirokchilar uchun Xiva shahrida joylashgan “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasiga sayohat uyushtirildi.

Festival yakunida “Yilning eng faol maʼnaviyat targʻibotchisi” koʻrik tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan tashabbuskor targʻibotchilarga“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan faxriy diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?