Xorazmda Lacetti agʻdarilib ketishi natijasida bir kishi halok boʻldi

15:05 06 Sentyabr 2018 Jamiyat
310 0

Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida Fargʻona viloyatida yashovchi O.A. Lacetti mashinasini Sarimoy qishlogʻi hududidan oʻtuvchi yoʻlining 510-kilometrida haydab ketayotib, yoʻl chetiga agʻdarilib ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa oqibatida haydovchining rafiqasi N.A. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?