Xorazmda ko‘prik qulab tushdi (foto)

15:31 16 Avgust 2018 Jamiyat
572 0
Foto: Facebook / Xorazm va xorazmliklar

15 avgust kuni soat 18:40 atrofida viloyatning Honqa tumani, Qoraqosh qishlog‘ida avtomobil ko‘prigining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Facebook‘dagi “Xorazm va xorazmliklar” guruhida ma’lum qilishgan.

Voqeaga guvohlarning tarmoqqa joylashtirgan suratlariga qaraydigan bo‘lsangiz, bu payt yo‘l-ko‘prik ustidan yuk mashinasi harakatlanayotgan bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mashina qulash natijasida hosil bo‘lgan ulkan o‘raga qulab tushgan. Guvohlarning bildirishicha, haydovchi jarohatlangan va kasalxonaga yotqizilgan.

Hozircha bu borada rasmiy axborot berilmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?