Xorazmda “Keksalar turizm oyligi” oʻtkaziladi

17:47 15 Oktyabr 2020 Welcome to uzbekistan
158 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 340-sonli qaroriga muvofiq 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar “Keksalar turizm oyligi” eʼlon qilingan boʻlib, mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan Xorazm viloyatida sayohatga chiqish istagida boʻlgan nuroniylar roʻyxati shakllantirildi. Ijtimoiy hayotda faol keksalar uchun mamlakatimizning tarixiy shaharlari boʻylab ekskursiyalar joriy yilning noyabr oyida tashkil qilinadi.

Bundan tashqari, turizm oyligi doirasida “Har kuni 5 ming qadam" shiori ostida piyoda yurish marafonlari, ziyoratgohlarda maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Odilbek Odamboyev
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?