Xorazmda kam taʼminlangan oilalarning farzandlariga kitob tarqatildi

12:55 21 Mart 2020 Madaniyat
484 0

Архив сурат

“Xalq soʻzi Online”. Odilbek Odamboyev/Xorazm. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan “Bilim – xazina” kitob doʻkoni homiyligida “Taʼtilda kitob oʻqiymiz” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad bahorgi taʼtil kunlarida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishdan iborat. Aksiya doirasida Navroʻzi ayyom kunlari asosan kam taʼminlangan oilalar farzandlariga oʻzbek va jahon adabiyotining durdonalari boʻlgan badiiy asarlar, hamda tarixiy mavzulardagi kitoblar bepul tarqatilmoqda. Bu esa pandemiya munosabati bilan eʼlon qilingan karantin davrida oʻsmir yoshlarning qimmatli vaqtlarini bekor oʻtkazmasdan mutolaa madaniyatini, tafakkurini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?