Xorazmda ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etildi

16:17 06 Dekabr 2018 Siyosat
216 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Xorazm viloyat prokuraturasi tuzilmasida Qishloq xoʻjaligida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻyicha Xorazm ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tashkil etildi.

Bu hududda sholichilik, meva-sabzavotchilik va baliqchilikni rivojlantirish, yer hamda suvdan oqilona foydalanishda prokuratura organlari tomonidan qonuniylikni taʼminlashda qoʻl keladi.

Endilikda ixtisoslashtirilgan prokuratura qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suv xoʻjaligi obyektlarining holatini yaxshilash, suvdan oqilona foydalanish va tomchilatib sugʻorish tizimlarini joriy etish, baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, baliq yetishtirish inshootlari va qurilmalarini barpo etish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda sholi yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish, uni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, ushbu sohalarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish yoʻnalishlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Qishloq xoʻjaligida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻyicha Xorazm ixtisoslashtirilgan prokurori viloyat prokurorining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?