Xorazmda biologik faol moddalar ishlab chiqaruvchi yangi korxona ish boshladi

16:18 06 Fevral 2019 Iqtisodiyot
396 0

Illyustrativ foto

Xorazm viloyatining Shovot tumanida zamonaviy texnologiya asosida biologik faol moddalar ishlab chiqaruvchi yangi korxona ish boshladi.

Xorazm viloyatida tashkil etilgan 6 ta kichik sanoat zonasida joriy yil davomida 38 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shovot tumanidagi kichik sanoat zonasi hududida joylashgan, ancha yillardan buyon boʻsh turgan bino tadbirkorga 300 million soʻm investitsiya kiritish sharti bilan “nol” qiymatda berilgan edi. Qisqa muddatda bino qayta taʼmirlanib xorijdan zamonaviy uskunalar keltirildi va 6 turdagi biologik faol moddalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

- Aholi salomatligini saqlashda ekologik toza, tabiiy yoʻl bilan tayyorlangan preparatlarning afzalligi barchaga maʼlum, - deydi yosh tadbirkor Omonboy Nuraddinov. – Korxonamizda ishlab chiqarayotgan biologik faol moddalar asosiy dori vositalariga qoʻshimcha sifatida ishlatiladi va bemor organizmini tezroq tuzalishiga yordam beradi. Loyihamizning dastlabki bosqichida homiladorlik paytida organizm immunitetini mustahkamlovchi, suyakni kalsiy bilan boyituvchi, kamqonlik, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda qoʻllaniladigan bio faol moddalar ishlab chiqariladi. Kelgusida ularning turini yanada koʻpaytirishni rejalashtirganmiz.

Yangi korxonaning faoliyat boshlashi natijasida 7 nafar qishloq yoshlari doimiy ish bilan taʼminlandi.

Odilbek Odamboyev, (“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?