Xorazmda 2,7 mlrd byudjed mablagʻlari oʻzlashtirib yuborilganligi fosh etildi

15:22 17 Iyul 2020 Jamiyat
611 0

Xorazmda 2,7 mlrd soʻmlik mablagʻlar oʻzlashtirib yuborilganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Xorazm viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari tomonidan, tender savdolarisiz 41 ta holatda kompaniya rahbarining raisligidagi ichki tanlovlar asosida, qurilishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan texnika vositalari, moliyaviy ahvoli, ishchi kuchi va boshqa imkoniyatlari boʻlmagan pudratchi tashkilotlarga qurilish obyektlarni topshirishib, haqiqatda bajarilmagan kurilish va taʼmirlash ishlarini xujjatlarda qoʻshib yozish orqali, 2019-2020-yillarda jami 2,7 mlrd soʻm byudjed mablagʻlarni oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilinganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?