Xorazmda 118 yoshli onaxonga biometrik pasport topshirildi

10:56 30 Iyul 2018 Jamiyat
349 0
Foto: xorazm-iib.uz

28 iyul kuni Xorazm viloyatining Xazorasp tumani, Bahodir Matirzayev nomli mahallada istiqomat qiluvchi, 1900 yilda tavallud topgan Yoqutjon ona Raximovaga biometrik pasport topshirildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Pasport topshirish jarayonida Xorazm viloyati va Xazorasp tumani IIB rahbariyati ishtirok etib, 118 yoshli onaxon va uning oilasiga sovg‘a-salomlarni topshirishdi.

Foto: xorazm-iib.uz

“Ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik uchun avvalambor davlatimiz rahbariga qolaversa, bu xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘lib, jon kuydirib yurgan barcha mutasaddilarga, ayniqsa ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga minnatdorchilik bildiraman, ularga sog‘liq tilab duo qilaman”, - dedi tabarruk onaxon.

Xorazm viloyati IIB rahbariyati bundan buyon ham 100 yoshni qarshilagan va qarshilayotgan otaxon va onaxonlarga biometrik pasportlarini topshirish jarayonini tantanali tarzda o‘tkazishni maqsad qilib olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?