Xorazm viloyati paxta tayyorlash boʻyicha shartnoma majburiyatini bajardi

16:06 19 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
158 0

Xorazm viloyati paxtakorlari 258 ming 200 tonnadan ortiq ulkan xirmon bunyod etib, paxta tayyorlash boʻyicha shartnoma majburiyatini bajardilar. Viloyatning paxtachilikda klaster tizimi toʻliq joriy etilgani, paxta yetishtiruvchi fermerlarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanayotgani erishilgan yutuqlarning asosiy omili boʻldi.

Joriy yilda 1538 ta fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 82 ming gektardan ziyod maydonda gʻoʻzaning “Xorazm-150”, “Xorazm-127”, “Sulton”, “Buxoro-102”, “S-8294” navlari ekilib, zamonaviy agrotexnologiyalar asosida parvarishlandi. Hosilni qisqa muddatlarda, sifatli holda yigʻishtirib olish uchun terimga 107 ming nafardan ortiq ish bilan band boʻlmagan fuqarolar ixtiyoriy tarzda jalb etildi. Viloyatning 11 ta tumanida tashkil qilingan paxta-toʻqimachilik klasterlari terimchilarni va ilgʻor fermerlarni ragʻbatlantirish maqsadida qimmatbaho sovgʻalar va pul mukofotlari tarqatildi.

Odilbek Odamboyev,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?