Xorazm viloyati hokimi v. b: Urganch aeroporti 10 avgustda ochish rejalashtirilmoqda

19:16 26 Iyul 2018 Iqtisodiyot
339 0
Foto: fb.com/hokimermanov

Urganch aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagini ta’mirlash ishlarini 10 avgustga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda.

16 iyulda texnik sabablarga ko‘ra yopilgan Urganch aeroportini 10 avgustda ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xorazm viloyati hokimi v. b. Farhod Ermanov Facebook-sahifasida xabar qildi.Hozirda havo bandargohida “Xorazm yo‘l qurilish” qurilish korxonasi tomonidan uchish-qo‘nish yo‘lagi asfaltini almashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda 50 dan ortiq maxsus texnikalar ishlamoqda.

Chorshanba kuni viloyat ma’muriyati rahbari olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida aeroportga tashrif buyurdi. Xorazm hokimiyati va aeroport ma’muriyati yo‘lovchilardan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi.

Aeroport yopilgani munosabati bilan aviaqatnovlar Nukus va Buxoro aeroportlariga ko‘chirilgan. Urganch aeroportini 10 avgustda ochish rejalashtirilmoqda

Urganch aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagini ta’mirlash ishlarini 10 avgustga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda.

16 iyulda texnik sabablarga ko‘ra yopilgan Urganch aeroportini 10 avgustda ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xorazm viloyati hokimi v. b. Farhod Ermanov Facebook`dagi sahifasida xabar qildi. Hozirda havo bandargohida “Xorazm yo‘l qurilish” qurilish korxonasi tomonidan uchish-qo‘nish yo‘lagi asfaltini almashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda 50 dan ortiq maxsus texnikalar ishlamoqda.

Chorshanba kuni viloyat ma’muriyati rahbari olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida aeroportga tashrif buyurdi. Xorazm hokimiyati va aeroport ma’muriyati yo‘lovchilardan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi. Aeroport yopilgani munosabati bilan aviaqatnovlar Nukus va Buxoro aeroportlariga ko‘chirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?