Xorazm viloyati hokimi senatorga aylandi

17:19 29 Dekabr 2018 Siyosat
520 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovi boʻyicha boʻlib oʻtgan qoʻshma majlisda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov senator etib saylangan.

Shu yilning 27 dekabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida Farhod Ermanov Senati aʼzosi sifatida roʻyxatga olingan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?