Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi uchun yangi bino foydalanishga topshirildi

10:26 22 Iyul 2019 Jamiyat
172 0

Urganch shahrida Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Viloyat teleradiokompaniyasining bundan qariyb 60 yil muqaddam qurilgan binosi bugungi kun talablariga javob bera olmay qolgan, ijodkorlar uchun yetarli sharoitlar mavjud emas edi.Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifi chogʻida viloyat teleradiokompaniyasi uchun yangi, zamonaviy bino qurish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.Qisqa muddatda loyiha qiymati qariyb 26 milliard soʻmlik bino va inshootlar qad rostladi.

- Xorazm radiosieshittirishlari 1936-yilda, viloyat televideniyesi dasturlari esa 1961-yildan efirga uzatila boshlagan,- deydi Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi direktori, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Oʻtkirbek Matqurbonov.- Jamoa yillar mobaynida eski binoda, qiyin sharoitda faoliyat yuritib keldi. Yangi binodagi uchta studiya, teleradio dasturlarni yozib olish, montaj qilish, efirga uzatish hamda arxiv xonalari efir sifati va hajmini yanada oshirishga imkon beradi.Loyihaning ikkinchi bosqichi kelgusi yilga moʻljallangan boʻlib, bunda teleradiokompaniyaning texnik jihozlarini toʻla yangilash koʻzda tutilgan.

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?