“Xorazm” innovatsion texnoparki tashkil etildi

14:37 16 Iyul 2019 Iqtisodiyot
337 0

Illyustrativ foto

15-iyul kuni Xorazm viloyatining ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali maʼlum qildi.

Qarorga muvofiq, Urganch davlat universiteti huzurida “Xorazm” innovatsion texnoparki tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi.

Texnoparkning rezidenti maqomi Xorazm viloyati hokimligining qaroriga asosan xoʻjalik subyektlariga tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi va ular keyinchalik texnopark direksiyasi tomonidan roʻyxatga olinadi.

Qaror bilan Urganch sanoat kollejining bino va inshootlari Urganch davlat universitetiga berildi hamda kelgusida bu yerda texnopark direksiyasini joylashtirish belgilandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?