Xorazm AYOQSHlaridagi benzin tanqisligi bartaraf etildimi?

17:24 02 Dekabr 2019 Jamiyat
79 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi AYOQSHlarda benzin tanqisligi, qoʻlda 6500 soʻmdan sotilayotgani haqida aholi tomonidan eʼtirozlar bildirilgan edi.

Ushbu holat “Oʻzbekneftgaz”AJ tomonidan oʻrganildi.

Xorazm viloyatida benzinning oʻrtacha isteʼmoli 1,5-2 barobarga oshgani sababli, avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida navbatlar kuzatilgan edi.

Ushbu holatni yaxshilash maqsadida, isteʼmolchilar talabidan kelib chiqqan holda neftni qayta ishlab chiqarish zavodlaridan “Urganch neftbazasi“ MCHJga va neftbazadan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalariga yetarli darajada benzin yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi. “Oʻzbekneftgaz“ AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirgi paytda Xorazm viloyatidagi yonilgʻi quyish shoxobchalarida isteʼmolchilarga benzin yetkazib berish bilan bogʻliq muammolar bartaraf etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?