Xonanda Jasur Umirov “O‘zbekkonsert”  tomonidan qattiq ogohlantirildi 

18:00 29 May 2018 Madaniyat
620 1

Xonanda Jasur Umirov kliplaridagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘irlamasdan efirga berganligi uchun “O‘zbekkonsert”  tomonidan qattiq ogohlantirildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy kengash a’zolari tomonidan xonanda Jasur Umirovning “Saypi” deb nomlangan qo‘shig‘i va unga ishlangan klipidagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilab, ommaga taqdim etish vazifasi topshirilgan edi.

Biroq bildirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf qilinmasdan efirga berilganligi uchun xonanda Jasur Umirov ogohlantiriladi. Agar, ushbu holat quyidagi san’atkorda qayta takrorlansa, unga berilgan litsenziya muddatidan avval to‘xtatiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?