Xonanda Aziza Niyozmetova vafot etdi

09:38 16 Oktyabr 2018 Madaniyat
6682 0

Asli xorazmlik boʻlgan xonanda Aziza Niyozmetova vafot etdi. Bu haqda “Xalq soʻzi Online”ga vaziyat xabardor manbalar maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 46 yoshli xonanda uzoq vaqtdan buyon saraton xastaligi bilan ogʻrib kelgan.

Niyozmetovaning dafn marosimi ertaga, 16 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Uni soʻnggi manzilga kuzatish marosimi tugʻilib oʻsgan yurti Xorazmda boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir”

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari bilan keng muhokama qilinib, “Xalq soʻzi” gazetasi hamkorligida tayyorlangan “Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir” deb nomlangan risola “Zamin Nashr” nashriyoti tomonidan 1000 nusxada chop etildi.

19 Yanvar 2019