Xonadonga yashirinib olgan ISHID jangarilari yoʻq qilindi

17:49 15 Aprel 2019 Jamiyat
388 0

Rossiyaning Tyumen shahri hududida 12 aprel kuni tunda aksilterror amaliyoti rejimi eʼlon qilindi. Bu haqda Life xabar berdi.

FXX xodimlari Rossiya gvardiyasi harbiylari hamda politsiya koʻmagida Kalininsk tumanidagi Amursk koʻchasini oʻrab olishdi. Maxsus xizmat xabariga koʻra, bu yerdagi xususiy uylardan birida ISHID terrorchilik guruhining ikki nafar tarafdori yashirinib olib, Tyumenda qoʻporuvchilik harakatini amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrayotgan edi.

Ularga qurolni tushirib, taslim boʻlish taklif etildi, biroq jinoyatchilar bunga javoban huquq-tartibot organlari vakillariga qarata oʻt ochishgan. Oʻzaro otishma oqibatida jangarilar yoʻq qilingan va uyning bir qismi yonib ketib, vayron boʻlgan.

Hudud uzoq vaqt qurshovda turdi. Huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan sapyorlar va kinologlar bilan birgalikda hudud tekshirib chiqildi. Natijada ikkita Kalashnikov avtomati, ikkita qoʻlbola portlovchi vosita, diniy adabiyotlar, elektron maʼlumotlar tarqatuvi vositalar, portlovchi qurilma qismlari topilgan.

Rossiya tergov qoʻmitasi tomonidan shu boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Tinch aholi va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari ichda qurbonlar hamda jabrlanganlar yoʻq. Tyumen oblasti gubernatori Aleksandr Moor ushbu amaliyotni muvaffaqiyatli amalga oshirgan tegishli idora va favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlariga minnatdorlik bildirgan.

Maʼlum boʻlishicha, jangarilar joylashib olgan uy bir necha kun oldin sotuvga qoʻyilgan boʻlgan.

Uning sotuvchisi sifatida Timur Medov degan shaxs koʻrsatib oʻtilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uning haqiqiy ismi Timur Inalov boʻlib, u yoʻq qilingan jangarilardan biridir. U oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qurol ushlab olgan suratlari, shuningdek, ISHID jangarilari suratlarini joylashtirib borgan.

Timurning qoʻshnilari u oʻn yil oldin otasi bilan Nazrandan koʻchib kelgani, oila tinch va kamtar hayot kechirganini bildirgan. Oradan bir necha yil oʻtib otasi vafot etgan. Shundan soʻng u yolgʻiz yashagan, avtomobillar va mototsikllarga qiziqqan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?