Xolis baho: Ravshan Ermatov aslida o‘yinni qanday boshqargan edi?

Argentina terma jamoasi futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati ikkinchi tur doirasida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushib, kutilmaganda 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Mazkur o‘yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib bordi. Va hamyurtimiz jahon chempionatlarida referilik qilish borasida o‘z rekordini yangiladi — uchta jahon chempionati 10 o‘yin.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Ravshan Ermatov va uning jamoasining ushbu bahsdagi faoliyatiga o‘z munosabatlarini bildirmoqda. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
Aleksey S.Lebedev ism-sharifli muxlis Argentina va Xorvatiya o‘rtasida xuddi pley-offdagidagi kabi keskin kurash bo‘lgani haqida shunday yozadi: “Va Ermatovga barakalla – har ikki tomondan siquvga olishdi. Lekin u bosimga bardosh berdi. Ko‘z tegmasin, umuman, zo‘r ishladi”.
Danila Dachenkov: “Ravshan Ermatov – mega shiddatli hakam. Mana sizga yuksak cho‘qqi: pozitsiya tanlash, yugurishga erinmaydi, o‘ziga ishonadi”.
Scott McIntyre: “Guruh bosqichidagi eng yaxshi chiqish? Yagona va betakror Ravshan Ermatov ... bugun yetakchilikni, nazoratni to‘liq qo‘lga olish tartibida ishladi”.
Younes H-Hamou: “Bugun o‘yinni mutlaqo ajoyib tarzda boshqargan Ravshan Ermatovga minnatdorchilik bildirishni istardim. Top darajadagi referi! Yorqin faoliyat. Kollina (UYEFA hakamlar qo‘mitasi va FIFA hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Pyerluidja Kollina) uslubiga o‘xshashlik bor”.
Erik Pulatov: “Argentinaga muxlislik qilaman, lekin Xorvatiya o‘z ishini a’loga uddaladi! Kun hazili: Argentinaning jahon chempionatidagi eng katta muammosi ... Ravshan Ermatov. Oxirgi marta Argentina Germaniyaga 0:4 hisobida yutqazgandi, bu safar Xorvatiyaga – 0:3”.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: