Xiva koʻchalarida yangi avtobuslar harakatlana boshladi

18:34 22 Yanvar 2019 Jamiyat
427 0

Arxiv foto

Urganch va Xiva shaharlarini bogʻlovchi temir yoʻl liniyasi va zamonaviy vokzal binosi foydalanishga topshirilgach Toshkent – Xiva yoʻnalishida poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi. Endilikda xorijlik va mahalliy sayyohlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Buxoro – Xiva yoʻnalishi boʻyicha ham yoʻlovchi poyezdlari muntazam qatnay boshladi.

Shahar aholisi va mehmonlariga transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash maqsadida yana bir loyiha amalga oshirildi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan “ISUZU” rusumli 14 ta avtobus xarid qilinib, temir yoʻl vokzalidan shahar atrofi yoʻnalishlarida belgilangan jadval boʻyicha harakatlana boshladi.

Endilikda sayyohlar zamonaviy avtobuslarda sayr qilib qadimiy shaharning betakror goʻzalliklaridan yanada koʻproq zavq olishlari mumkin - deydi Oʻzbekiston avtomobiltransporti agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Rahmatillo Babayev. - Ushbu qulaylikdan mahalliy aholi , ayniqsa, dars mashgʻulotlariga transport vositasida qatnovchi talabalar, maktab oʻquvchilari juda mamnun.

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi” muxbiri


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?