Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqaradi

10:42 11 Iyun 2018 Iqtisodiyot
1293 0

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligida Xitoyning Changan Automobile Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish masalasi muhokama qilingan. Unga ko‘ra Changan Automobile Group Farg‘ona vodiysida uzoq istiqbolda mahalliylashtirish tamoyili ostida elektromobillar yig‘ish sexini ochish rejasi borligini bildirishdi.

Innovatsion rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, loyihaning birinchi bosqichida yiliga mingta yirik uzatmali elektromobillar tayyorlanadi. Buning uchun 15-20 million AQSH dollari miqdorida investitsiya yo‘naltirish nazarda tutilayapti.

Ikkinchi bosqichda respublikadagi tegishli korxonalar quvvatlarini jalb etgan holda mahsulotni mahalliylashtirish maqsad qilingan.

Changan Automobile Group Chin o‘lkasidagi eng yirik to‘rtta avtomobilsozlik kompaniyasidan biri hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?