Xitoyning bir qator shaharlaridan O‘zbekistonga charter reyslari yo‘lga qo‘yiladi

11:53 12 Iyun 2018 Iqtisodiyot
672 0
Foto: Авиатранспортное обозрение

Xitoydan O‘zbekistonga charter reyslari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Diplomatic VIP and Travel Service turistik kompaniyasi Xitoydagi turoperatorlar bilan birgalikda joriy yil avgust oyi oxirida Chunsin, Loan, Sian shaharlaridan charter va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni tashkil etishga tayyor.

Chin o‘lkasidan kelgan soha vakillari safar davomida mamlakatimiz sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlar safida 18 nafar turoperator va 4 nafar fotograf bor edi.

Ular xitoy tilidagi e’lonlar va ma’lumotlarni ko‘rish istagida ekanligi, sababi bu XXRdan keladigan sayyohlar uchun kerakli manzilni oson topib olishida qo‘l kelishini aytib o‘tdi. O‘z navbatida, xitoycha taomlar tayyorlanadigan restoranlar faqat Toshkent shahrida borligi, vaholanki, boshqa hududlarda ham bu kabi tamaddixonalar tezda ommalashib ketishi mumkinligi ta’kidlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?