Xitoyliklar Oʻzbekistonni yaqindan bilmoqda

16:31 16 Fevral 2019 Welcome to uzbekistan
243 0

2018 yil 24 noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmini rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Shangsi provinsiyasi Sian shahri vakillari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazilgan edi. Uchrashuvda Xitoydan Han Shui Tian Yao kompaniyasi rahbari janob Gao Long, Xian Joy International kompaniyasining rahbari janob Han Jun Feng va Sian aviakompaniyalarni biletlar sotish birlashmasi boshligʻi Tao Jian xonim ishtirok etgan.

Tashkil etilgan tadbir davomida Oʻzbekistonning milliy sayyohlik brendini rivojlantirish boyicha ishlarni jadallashtirish va 2019 yilda belgilangan Xitoyliklarning Yangi yil bayrami kunlari tugaganidan keyin Sian shahrida joylashgan idorani qoʻmita vakillariga 3 yil davomida bepul foydalanishga berilishi toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi. Shuningdek, delegatsiya vakillari Xitoydan Oʻzbekistonga sayyohlar oqimini oshirish uchun Toshkent-Siʼan-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha bir nechta reyslarni amalga oshirish istagini bildirilgan edi.

Xitoyliklarning yangi yil bayrami tugaganidan soʻng kompaniya vakillari Oʻzbekistonning turizm salohiyatini va milliy mahsulotlarimizni faol targʻibotini yoʻlga qoʻyib, Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish boʻyicha amaliy ishlarni allaqachon boshlab yubordi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoylik hamkorlarimiz tomonidan oʻzlarining 400 000 kishidan ortiq aʼzosi bor saytida (WE CHAT), Oʻzbekistonning turizm sohasidagi amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarga bagʻishlangan maqola chop etildi. Maqolaning sarlavhasi “Oʻzbekistonga vizalar yana soddalashtirildi! e-vizaning bir nechta turlari joriy etildi!”

Chop etilgan maqolada, soddalashtirilgan viza olish tartibining joriy etilishi va xavfsiz mamlakat sifatida eʼtirof etilgani turistlar oqimini oshishiga sabab sifatida taʼkidlab oʻtilgan.

Shuningdek, maqolada Oʻzbekistonga borish uchun olinadigan elektron vizaga murojaat etish tartibi va arizani qanday toʻldirish kerakligi hamda qaysi mamlakat fuqarolari vizasiz kirishi mumkinligi haqida batafsil maʼlumot berilgan.

Maʼlumot uchun: Kun davomida yana “Oʻzbekiston mamlakati, bir kamar - bir yoʻl - konsepsiyasi”, “Samarqand vaqtini his eting”, “Oʻzbekiston poytaxti Toshkent” maqolalari ham chop etilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?