Xitoyliklar O‘zbekistonda qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga investitsiya kiritmoqchi

11:45 22 Iyun 2018 Iqtisodiyot
195 0

Bir guruh xitoylik investorlar Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Jaman kaskir”, “Aytim”, “Sariktau” va “Aktash” konlarida bo‘lib qimmatbaho toshlarni o‘rgandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘rganish jarayonida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, konchilik sanoati industriyasini yanada rivojlantirish hamda yangi innovatsion g‘oyalarni tatbiq qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

“Biz, Qizilqum sahrosida biryuza, granit va boshqa qimmatbaho toshlarning katta hajmdagi zaxirasi mavjud ekanligiga ishonch hosil qildik. Shuning uchun ham qurilish sanoatida ishlatiladigan zamonaviy bezaklarni tayyorlash uchun zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqchimiz”, degan xitoylik tadbirkor Yu Saoyang.

Uning ta’kidlashicha, ayni paytda biznes-rejalar ishlab chiqish, qurilish maydoni va muddatini belgilash maqsadida geologiya tajribalari amalga oshirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?