Xitoylik yoshlar Oʻzbekiston tarixi bilan tanishadi

11:33 06 Fevral 2019 Jamiyat
459 0

“Ipak yoʻli” ­turizm xalqaro universitetida Xitoyning UNMCSR-SNC tashkiloti bosh kotibi Szyanbo Vu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv ­oʻtkazildi.

Muloqotda Xitoy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Yakunda imzolangan Hamkorlik memorandumida innovatsion, ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ikki tomonlama diplom, professor-oʻqituvchilar tarkibi va bakalavrlar tayyorlash boʻyicha dasturlarni rivojlantirish, akademik almashinuvga yoʻl ochish kabi masalalar koʻzda tutilgan.

Mazkur hujjat Xitoy ­tomonining “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida fan va taʼlim sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tuzilgan.

Uchrashuvda Xitoy delegatsiyasi aʼzolari Oʻzbekistonda tarix, mada­niyat, sanʼat va arxitekturani oʻrganishdan manfaatdor ekanini taʼkidlashdi.

— Xitoyda hamma ham Oʻzbekiston Buyuk Ipak yoʻli markazida joylashganini bilmaydi, shu sababli biz yurtdoshlarimiz mamlakatingiz boy tarixi bilan imkon qadar koʻproq ta­nishishini istaymiz. ­Loyihamiz markazi sifatida Oʻzbekistonni tanlaganimiz ham bejiz emas, — deydi Xaynan universiteti vakili Li Dzin.

Kelgusida universitet qoshida xitoy tili hamda xitoy ­tilida soʻzlashuvchi gid-ekskursovodlarni tayyorlash markazlari ochilishi rejalashtirilgan.

Fazliddin ABILOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?