Xitoylik turistlar dunyo iqtisodiyoti oʻsishiga qanday hissa qoʻshmoqda?

17:59 06 Noyabr 2018 Dunyo
567 0

Xitoyning sayyor turizm bozori global iqtisodiy oʻsishning muhim harakatlantiruvchi omillaridan biridir. Kelayotgan besh yilda mamlakatda turistik xizmatlar importi 1,4 trln. AQSH dollaridan oshib ketadi. Mazkur prognozlar XXR savdo vazirligi tomonidan yaqinda eʼlon qilingan maʼruzadan joy olgan.Bu haqida Sinxua xabar berdi.

Kutilayotganidek, kelayotgan besh yilda chinlik sayyohlar mamlakat isteʼmol salohiyati oʻsishiga qarab dunyo boʻylab 700 mln. sayohat uyushtiradi.

Xitoy qatorasiga olti yildan buyon jahondagi eng yirik tashqi turizm isteʼmolchisi boʻlib kelyapti. Dunyo boʻyicha turizmdan kelib tushadigan daromadlarning beshdan bir qismi xitoylik turistlar xarajatlariga toʻgʻri keladi.

2012 yildan beri xizmatlar importi boʻyicha umumjahon daromadlari oʻsishiga Xitoy tomonidan qoʻshilgan hissa 25,8 foiz boʻlgan.

Maʼruzada yaqin 15 yil ichida mamlakatda xizmatlar importi 10 trln. dollardan oshib ketishi kerakligi ham maʼlum qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?