Xitoylik tadbirkorlar Paxtaobodda baliq yetishtiradi

09:22 23 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
162 0

Paxtaobod tumanidagi Oxunboboyev nomli massivda 7 gektar maydonda intensiv usulda baliq yetishtirish uchun hovuz qazish ishlari boshlab yuborildi. “Steel Claw" MCHJ tomonidan boshlangan bu xayrli ish natijasida 30 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun xitoylik tadbirkorlar tomonidan 1,2 mln. dollar miqdorida xorijiy sarmoya kiritildi va u dekabr oyida toʻla ishga tushiriladi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?