Xitoylik yigit pul yigʻish maqsadida soxta toʻy qildi

20:37 03 Oktyabr 2019 Dunyo
264 0

Xitoyning Guychjou viloyatida istiqomat qiluvchi erkak pul koʻrinishidagi sovgʻalar olish uchun soxta toʻy oʻtkazdi. Bu haqda RIA Novosti AsiaOne nashriga asosan xabar qildi.

Erkak qarindosh va doʻstlari oldida kelin rolini tasvirlashi uchun “doʻstlarni ijara”ga ixtisoslashtirilgan agentlikdan Siao Li ismli qizni yollagan. Kelishuvga koʻra Siao 22-28-avgust kunlari yigit bilan birga yurishi kerak boʻlgan. “Kuyov” bilan oʻtkaziladigan har bir kun narxi 521 yuan (72 dollar) tashkil qiladi.

Toʻy marosimi 25-avgust kuni oʻtkazildi. Erkak qizga yoʻl, yashash va ovqatlanish harakatlarini toʻlashi kerak edi.

Mehmonlar “yosh kelin-kuyov”larga 60 ming yuan (8400 dollar) sovgʻa qilishdi. Oldindan kelishuvga koʻra, yigit pullarni oʻziga olgan.

Toʻydan keyin “juftlik” bir necha kun davomida viloyat boʻylab sayyohat qilishdi. Biroq “ijara” muddati tugashi bilanoq, yigit pul toʻlamay gʻoyib boʻldi. Yigit darhol ijtimoyi tarmoqlarda qizni bloklab, uning qoʻngʻiroqlarga javob bermaydi.

Siao Li avdokatlarga murojaat qildi. Ular yozma shartnoma tuzmaganligi sababli qiz oʻzini noqulay holatga qoʻyganini aytishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?